Узбек O'zbek
«Manchester Yunayted» ispaniyalik hujumchi uchun 88 million yevro to‘lamoqchi
Chorshanba, 07 Avgust
5792

«Manchester Yunayted» klubi Romelu Lukaku o‘rniga boshqa hujumchi qidiryapti. Avvalroq belgiyalik to‘purar o‘zini sotib yuborishni talab qilib, mashg‘ulotlarga kelmagan edi.

El Chiringuito xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» «Atletik Bilbao» hujumchisi Inyaki Uilyamsni sotib olishni jiddiy maqsad qilishgan. Mankunianliklar 25 yoshli hujumchi uchun 88 million yevro to‘lashga tayyor. Bu futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulidir.

Uilyams «Atletik»ka 2012 yili kelgan, 2014 yil dekabrda esa dastlabki o‘yinini o‘tkazgan.

Hozirgacha jami 204ta o‘yinda qatnashib, 49ta gol urgan va 27ta golga hammualliflik qilgan. Futbolchining transfer bozoridagi narxi – 50 million yevro.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz