Узбек O'zbek
Koselni «Bordo»ga o‘tmoqda. Transfer qiymati ma’lum
Seshanba, 06 Avgust
1728

«Arsenal»dan ketish istagida ekanini ochiq bildirgan himoyachi Loran Koselni Fransiya chempionatiga qaytish arafasida.

Goal`ning yozishicha, 33 yoshli futbolchi «Bordo»da tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Fransiyaga kelgan.

Nashrning London klubiga yaqin manbalari bergan ma’lumotga ko‘ra, transfer 5 mln yevro evaziga amalga oshmoqda.

Qo‘shimcha qilish joiz, «Arsenal» sardorining shartnomasi tugashiga bir yil qolgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz