Узбек O'zbek
«Arsenal» Loran Koselni bilan xayrlashdi. U faoliyatini Fransiyada davom ettiradi
Seshanba, 06 Avgust
1568

Fransiyalik himoyachi Loran Koselnining «Arsenal»dagi 9 yillik faoliyati yakuniga yetdi. U vataniga qaytdi va «Bordo» bilan shartnoma imzolab, keyingi mavsum Yevropa ligasida qatnashish imkoniyatini saqlab qoldi.

 «Transfer shartlari masalasida kelishuvga erishganimizdan so‘ng uning «Bordo»ga o‘tishiga ruxsat berishga qaror qildik.

Loranga klubimiz rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusidagi faoliyatiga omad tilaymiz», – deyiladi «to‘pchilar» matbuot xizmati xabarida.

«Arsenal» jamoa sardorining ketishi munosabati bilan uning jamoadagi faoliyatiga bag‘ishlangan qisqa video ham taqdim etgan.

Koselnining London klubi bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolgandi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, transfer 5 mln yevro evaziga amalga oshgan.

Avvalroq himoyachi o‘zini tekinga qo‘yib yuborishlarini so‘rab, «Arsenal»ning AQSH turnesiga borishdan bosh tortgan edi. Xabarlarga qaraganda, klubning u bilan xayrlashish rejasi bo‘lmagan, ammo Loran taklif etilgan yangi shartnoma loyihasiga ko‘nmagan.

Yakunda «Bordo» Koselnini qo‘lga kiritish uchun raqobatda «Renn» klubidan ustun kelgan.

Endilikda «Arsenal» payshanba kunigacha – transfer oynasi yopilguncha boshqa markaziy himoyachi sotib olishga urinadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz