Узбек O'zbek
«Yuventus» transferga qo‘ygan Dibalada yangi variant paydo bo‘ldi
Dushanba, 05 Avgust
9325

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala «PSJ» futbolchisiga aylanishi mumkin, deb yozadi Goal.

Xabarga ko‘ra, parijliklar yozda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Neymar o‘rniga nomzod futbolchi qidirishyapti. Nomzodlardan biri sifatida Dibala ko‘rsatilmoqda.

Avvalroq 25 yoshli argentinalikning «MYU»ga transferi amalga oshmasligi ma’lum bo‘lgandi. Bundan oldin esa «Yuventus» Paulo transferga qo‘yilganini tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, 10-raqam egasi Turin klubida 2015 yildan beri o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda 42 o‘yinda qatnashib, 10ta gol va 5ta golli uzatmani hisobiga yozib qo‘ygan. Shartnomasi 2022 yilg yoziga qadar mo‘ljallangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz