Узбек O'zbek
Konte: «Chelsi»ni boshqargan vaqtimda Lukakuni sotib olishga uringanman»
Dushanba, 05 Avgust
1532

«Inter» bosh murabbiyi Antonio Konte «MYU»dan Romelu Lukakuni sotib olishni istayotganini yana bir bor tasdiqladi.

«[Transfer bozorida] iloji boricha yaxshiroq ish olib borishga urinyapmiz. Ba’zi pozitsiyalarimizni kuchaytira olamiz, deb umid qilaman. Lekin shu bilan birga, qo‘l ostimdagi futbolchilardan ham ko‘nglim to‘q.

Rosti, hammasi nima bilan tugashini bilmayman. Ayirboshlash [Lukaku-Dibala] haqida gazetalardan o‘qib bildim.

Lukaku – yaxshi futbolchi. «Chelsi» murabbiyi bo‘lganimda uni sotib olishga harakat qilgandim.

Biz «Yuventus» haqida, «Inter» haqida – katta klublar borasida gaplashyapmiz. Shunday ekan, hammasi qanday yakun topishini men haqiqatan ham bilmayman», – degan Kontening so‘zlarini keltirdi Goal.

So‘nggi xabarlarga qaraganda, «Yuventus» va «MYU» o‘rtasidagi kelishuvga qaramay, Paulo Dibala va Romelu Lukaku almashinuvi amalga oshmaydigan bo‘lgan. Bunga ba’zi manbalar «Yunayted» Dibalaning yuqori maosh talabini rad etganini, boshqa nashrlar esa Pauloning o‘zi Turinda qolishni istaganini sabab sifatida keltirmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz