Узбек O'zbek
«Biz shunchaki kuzatuvchimiz». «Barselona» vitse-prezidenti Neymar transferi haqida gapirdi
Dushanba, 05 Avgust
10901

«Barselona» vitse-prezidenti Xordi Kardoner braziliyalik hujumchi Neymar «PSJ»dan Kataloniyaga qaytishi ehtimoli haqida gapirdi.

«Prezident aytganidek, Neymar transferi masalasi hozir ko‘rib chiqilmayapti. Hammasi murakkab. Biz shunchaki kuzatuvchimiz.

U o‘zini Parijda baxtli his etmayotganidan xabarimiz bor, lekin buni aynan o‘sha yerning o‘zida hal qilish kerak.

«PSJ» vakillari bilan Neymar haqida gaplashganimiz yo‘q. Ikki klub bir-birini juda hurmat qiladi. Agar Neymar nomzodini qachondir ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, o‘shanda gaplashib olamiz. Hozir bu – istisno», – dedi Kardoner TV3`ga bergan intervyusida.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz