Узбек O'zbek
«Zenit» qo‘shimcha daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Yakshanba, 04 Avgust
5470

Rossiya Premer-ligasining 4-turida «Zenit» «Krasnodar»ni qabul qildi. Sankt-Peterburgdagi «Gazprom Arena» stadionida kechgan o‘yinda durang qayd etildi - 1:1.

O‘yinning ikkinchi bo‘limida «Zenit» himoyachisi Duglas Santos to‘pni o‘z jamoasi darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. Mezbonlar hujumchisi Artyom Dzyuba 91-daqiqada hisobni tenglashtirdi, uni Sardor Ozmun golli pas bilan ta’minladi.

Bu amaldagi chempion - piterliklar jamoasining yangi mavsumda ilk marta ochko yo‘qotishi bo‘ldi. Avvalgi uch turda Sergey Semak shogirdlari «Tambov» (2:1), «Sochi» (2:0) va «Orenburg» (2:0) klublarini mag‘lub etgandi. «Krasnodar» esa «Sochi» (3:0) va «Ufa»ni (3:2) yengib, «Axmat»ga (0:1) yutqazgan edi.

Endilikda «Zenit» ochkolari sonini 10taga yetkazib, Premer-liga turnir jadvalini boshqarishda davom etmoqda, «Krasnodar» 7 ochko bilan beshinchi o‘rinni band etgan.

Rossiya chempionati, 4-tur
Zenit – Krasnodar 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar
: 0:1 – 80, avtogol Duglas Santos, 1:1 – 90 Dzyuba.
Zenit – Lunev, Jirkov (Kuzyayev, 86), Ivanovich, Rakitskiy, Duglas Santos, Sutormin (Malkom, 72), Barrios, Ozdoyev, Driussi (Yeroxin, 69), Azmun, Dzyuba.
Krasnodar – Safonov, Petrov (Stotskiy, 78), Martinovich, Spayich, Ramires, Olsson, Kambolov, Trindade, Kabella (Suleymanov, 57), Ari, Namli (Ignatev, 60).
Ogohlantirishlar: Jirkov (2), Barrios (28), Trindade (36), Kabella (53), Ramires (61), Ari (89).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz