Узбек O'zbek
O‘zbekiston Kubogi. «Surxon» «Lokomotiv»ni musobaqadan chiqarib yubordi
Yakshanba, 04 Avgust
3733

O‘zbekiston Kubogida yana bir chorak finalchi aniqlandi. O‘z maydonida «Lokomotiv»ni qabul qilgan Termizning «Surxon» klubi 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi. Termizliklar o‘yin davomida kambekni amalga oshirishdi.

Avvaliga Jamshid Iskanderov hisobni ochgandi. Jamshid 7-daqiqada gol urib, «temiryo‘lchilar»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 39-daqiqada esa Abdulaziz Yusupovning faolligidan so‘ng Azamat Isroilov hisobni tenglashtirdi.

82-daqiqada Abdulazizning o‘zi gol urib, termizliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 90+3-daqiqada Darko Stanoyevich penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi - 3:1. Shu tariqa «Lokomotiv» Babayan qo‘l ostida ikkinchi kubokdan ham chiqib ketdi. Jamoa Liga Kubogida ham guruhdan chiqa olmagandi.

O‘zbekiston Kubogi
1/8 final
«SURXON» - «LOKOMOTIV» 3:1
Gollar: Azamat Isroilov (39), Abdulaziz Yusupov (82), Darko Stanoyevich (90+3, pen) — Jamshid Iskanderov (7).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz