Узбек O'zbek
Xuanfran Dani Alves bilan jamoadosh bo‘ldi
Yakshanba, 04 Avgust
8858

«Atletiko»ning sobiq himoyachisi Xuanfran Braziliyaning «San-Paulu» klubi bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.

34 yoshli ispan «Atletiko»ni shu yozda erkin agent sifatida tark etgan, u Madrid jamoasida 8 yildan buyon o‘ynab kelayotgan edi. «Real» tarbiyalanuvchisi bunga qadar ham faqat Ispaniya klublarida – «Espanol» va «Osasuna»da o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, «San-Paulu» yakunlanayotgan haftada boshqa bir taniqli himoyachi – «Barselona» va «PSJ»ning sobiq futbolchisi Dani Alves bilan ham bitim tuzgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz