Узбек O'zbek
Shvetsiyalik afsonaviy hujumchining o‘g‘li «Spartak» bilan shartnoma imzoladi
Juma, 02 Avgust
2581

Shvetsiyaning «Norchyoping» klubi hujumchisi Jordan Larsson Moskvaning «Spartak» klubiga o‘tdi.

22 yoshli futbolchi «qizil-oqlar» bilan 3 yillik shartnomani imzoladi. U yangi klubida 23-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi.

Jordanning transferi uchun «Spartak» 4 million yevro to‘ladi. Futbolchining o‘ziga yiliga 1,1 mln yevro maosh tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Jordan Larsson «Barselona» va «Manchester Yunayted» klublarining, shuningdek Shvetsiya milliy jamoasining afsonaviy hujumchisi Henrik Larssonning o‘g‘lidir.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz