Узбек O'zbek
Rossiya chempionati to‘purariga APL klubidan tushgan taklif rad etildi
Juma, 02 Avgust
4417

«Kristal Pelas»ning «SSKA» hujumchisi Fyodor Chalov bo‘yicha yuborgan taklifi rad etildi, deb xabar beradi Sky Sports.

London klubi 21 yoshli rossiyalik hujumchi uchun 15 mln yevro taklif etgandi.

Bungacha matbuotda Chalovga «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Arsenal», «Manchester Siti», «Tottenhem», «Monako», «Latsio» va «Valensiya» kabi klublar befarq emasligi haqida ham aytilgandi.

Ma’lumot uchun, Fyodor «armiyachilar»ning o‘z tarbiyalanuvchisi sanaladi. U asosiy jamoada 2017 yildan beri o‘ynayapti.

9-raqam egasi o‘tgan mavsumda klublar miqyosida 37ta o‘yinda ishtirok etib, 17ta gol va 7ta assist muallifi bo‘ldi. U 15ta gol bilan Rossiya Premer-ligasining to‘purariga aylangandi.

Chalovning «SSKA» bilan shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz