Узбек O'zbek
Riberi faoliyatini Osiyoda davom ettiradi
Juma, 02 Avgust
6472

«Bavariya»ning sobiq yarimhimoyachisi Frank Riberi arab klublaridan birining taklifini qabul qilgan, deb yozadi Bild.

36 yoshli fransiyalik faoliyatini Saudiya Arabistoni yoki Qatarda davom ettirmoqchi.

Avvalroq mashhur faxriyning xizmatiga «Liverpul», «Arsenal», «Fiorentina», «Monako» va «Ayntraxt» qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Riberi shu yil yozida «Bavariya»ni erkin agent sifatida tark etdi. U 2007 yildan beri myunxenliklar sharafini himoya qilgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz