Узбек O'zbek
Lukaku «Yuventus»da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi
Juma, 02 Avgust
5682

«Manchester Yunayted» hujumchisi Romelu Lukaku «Yuventus» bilan bitimi shartlarini belgilab oldi, deb xabar bermoqda Goal.

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli belgiyalik Turinda yiliga 9 mln yevro maosh olishiga kelishilgan.

Bundan oldin «MYU» va «Yuventus» Romelu Lukaku va Paulo Dibalani ayirboshlash masalasida bir to‘xtamga kelgani ma’lum bo‘lgan edi.

Ayni paytda Dibala «Yunayted» vakillari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. U yillik 10 mln yevro maosh talab qilyapti.

Italyan OAVga ko‘ra, Paulo avvaliga ta’tildan ertaroq qaytishni rejalashtirgan, ammo ingliz klubi bilan muzokaralar tufayli bu fikridan qaytib, oldin belgilanganidek 5 avgust kuni «Yuve» qarorgohiga yetib kelmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz