Узбек O'zbek
Lukaku «Yuventus»ga o‘tishga rozi, Dibala esa «MYU»dan qancha maosh so‘rayotgani ma’lum
Payshanba, 01 Avgust
4374

«Yuventus» va «Manchester Yunayted» klublari hujumchilarini ayirboshlashi, kelishuvga asosan Paulo Dibala Manchesterga, Romelu Lukaku esa Turinga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Klublar bu borada bir to‘xtamga kelib ulgurishgan. Ingliz klubi italyan jamoasiga qancha kompensatsiya to‘lashi mumkinligi ma’lum emas.

Sky Sport Italia`ning ma’lum qilishicha, Lukaku «Yuventus»ga o‘tishga rozi. Endilikda transfer amalga oshishi Dibalaga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Paulo bugun «Yuventus» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri bilan gaplashib olish uchun Turinga kelgan. U shundan so‘ng klubdagi kelajagi bo‘yicha bir qarorga keladi.

Ta’kidlanishicha, Dibala «Yunayted»dan yiliga kamida 10 mln yevro maosh talab qilmoqda.

Avvalroq argentinalik hujumchi «MYU»ga o‘tishga ikkilanayotgani, «Yuventus»da qolish varianti unga ko‘proq ma’qul tushayotgani xabar qilingan edi.f

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz