Узбек O'zbek
Rasman: Shyurrle «Spartak»da
Chorshanba, 31 Iyul
1587

«Borusiya Dortmund» klubi hujumchisi Andre Shyurrle Rossiyaning «Spartak» klubiga o‘tdi.

28 yoshli futbolchi 1 yil davomida moskvaliklar tarkibida ijarada o‘ynaydigan bo‘ldi. Ammo «Spartak» uni 8 million yevro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ham ega bo‘ldi. Germaniya milliy jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘lgan futbolchining maoshi 3 million yevroni tashkil qiladi. 

Andre Shyurrle futbolchilik faoliyatida «Mayns», «Bayer», «Chelsi», «Volfsburg» va «Fulhem» klublarida ham o‘ynagan.  

Germaniya milliy jamoasi tarkibida 57ta o‘yinda maydonga tushib, 22ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz