Узбек O'zbek
«PSJ» Neymarni «Barselona»dan tashqari har qanday klubga sotishga tayyor
Chorshanba, 31 Iyul
7005

«PSJ» Neymar transferi bo‘yicha har qanday takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor, faqat bitta istisno bor – Parij grandi hujumchining «Barselona»ga qaytishini xohlamayapti. Bu haqda Marca xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, «PSJ» rahbariyati Neymarning Kataloniyaga qaytishiga taqiq qo‘ygan. Bunga so‘nggi vaqtlarda Fransiya va Ispaniya chempioni o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashgani sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, fransuz klubi «Barselona» bilan nafaqat Neymar, balki boshqa har qanday masala yuzasidan ham muzokaraga kirishishdan bosh tortishni mo‘ljallayapti. 

Avvalroq «PSJ»dagilar 27 yoshli futbolchining narxini tushirishga tayyorligi haqida xabar tarqalgan edi. Klub bungacha 300 mln yevro so‘rayotgan bo‘lsa, endilikda Neymarni 180 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishga rozi ekani aytilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz