Узбек O'zbek
Argentinani Jahon chempionati saralash o‘yinlarida kim boshqarishi ma’lum
Chorshanba, 31 Iyul
4559

Lionel Skaloni Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimida 2022 yilgacha qoladigan bo‘ldi.

41 yoshli mutaxassis terma jamoani 2022 yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan mundial bahslariga tayyorlaydi. Bu haqda Argentina futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Murabbiy bilan tuzilgan avvalgi bitim muddati tugash arafasida edi. Ma’lum bo‘lishicha, Skalonining o‘z lavozimida qolishiga terma jamoa direktori Sezar Luis Menotti xayrixohlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli mutaxassis Argentina milliy jamoasini 2018 yil avgustidan buyon bosh murabbiy sifatida boshqarmoqda. U mazkur termaga 2017 yil yozida o‘sha vaqtdagi bosh murabbiy Xorxe Sampaoliga yordamchi sifatida kelgan, JCH-2018dagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin dastlab yil oxirigacha vaqtinchalik bosh murabbiy bo‘lib, so‘ng shartnoma Kopa Amerika yakuniga qadar uzaytirilgan edi.

Argentinaliklar shu oy boshida Braziliya maydonlarida yakuniga yetgan Amerika Kubogida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz