Узбек O'zbek
O‘zbekiston milliy jamoasining JCH-2022 saralashidagi raqibi Saudiya Arabistoni yangi bosh murabbiyni tayinladi
Seshanba, 30 Iyul
4384

Erve Renar Saudiya Arabistoni milliy jamoasiga bosh murabbiy qilib tayinlandi.

50 yoshli fransiyalik mutaxassis 2022 yil yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnomani imzoladi. Uning oldiga JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yildi.

Erve Renar murabbiylik faoliyatini 1999 yili boshlagan. U Gana, Zambiya, Angola, Kot-d’Ivuar va Marokash milliy jamoalarini ham boshqargan.

Zambiya (2012) va Kot-d’Ivuar (2015) bilan Afrika Kubogida g‘alaba qozongan. Marokash milliy jamoasi bilan JCH-2018da ishtirok etib, shu yili Afrikaning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni milliy jamoasi O‘zbekiston milliy jamoasining JCH-2022 saralashidagi raqibi hisoblanadi. Jamoalar 14 noyabr kuni Toshkentda, 2020 yil 9 iyun kuni Saudiya Arabistonida bellashadilar.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz