Узбек O'zbek
Superliga. «Lokomotiv» bir kishi kam o‘ynagan «Dinamo»ni penaltidan gol urib yengdi
Seshanba, 30 Iyul
815

O‘zbekiston chempionatida 15-tur o‘yinlari davom etmoqda.  «Lokomotiv» o‘z maydonida «Dinamo»ni 2:0 hisobida yengdi. O‘yindagi birinchi golni Temurxo‘ja Abduxoliqov penaltidan urdi. Medina Smit debyut o‘yinidayoq jamoasining ikkinchi golini urdi. Samarqandliklar 76-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynashdi. Hakam Jasur Azimovni maydondan chetlatdi.

Superliga. 15-tur
«LOKOMOTIV» – «DINAMO» 2:0
Gol: Temurxo‘ja Abduxoliqov (56, penaltidan), Medina Smit (90+3).
«Lokomotiv»: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Davron Hoshimov, Igor Yelich, Oston O‘runov, Jamshid Iskanderov, Diyor Turopov, Arslonmurod Omonov (Medina Smit, 71), Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Sherzod Karimov, 79).

«Dinamo»: Botirali Ergashev, Akmal Xolmurodov, Hakimxon A’lamxonov (Amirjon Safarov, 60), Jasur O‘rinov, Mirkomil Loqayev, Jasur Azimov, Bobur Qosimov, Shohrux Ayudurahmonov, Damir Temirov, Ixtiyor Toshpo‘latov (Bahodir Nasimov, 46), Qadamboy Nurmetov (Sardor Eminov, 74).
Chetlatish: Jasur Azimov (76).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz