Узбек O'zbek
Jahon chempioni «Spartak»ka o‘tmoqda
Seshanba, 30 Iyul
2833

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Andre Shyurrle Moskvaning «Spartak» jamoasiga o‘tish arafasida.

Rus matbuotidagi xabarlarga qaraganda, 28 yoshli nemis futbolchisi seshanba kuni oilasi bilan Moskvaga uchib keldi va ertaga yangi jamoasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

OAVga ko‘ra, «Spartak» Shyurrleni 8 mln yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirgan. Futbolchi yangi jamoasida yiliga taxminan 3 mln yevro maosh oladi.

Andre so‘nggi mavsumni «Fulhem»da ijara asosida o‘tkazib, Premer-liga doirasida 24ta uchrashuvda maydonga tushgan va 6ta gol urgan.

«Borussiya» uni 2016 yilda «Volfsburg»dan sotib olgan, u bundan bir yil oldin mazkur klub tarkibida Germaniya kubogi va superkubogini qo‘lga kiritib, «Chelsi» bilan Angliya chempioni bo‘lgandi. Shyurrle, shuningdek, 2014 yilda Germaniya milliy jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz