Узбек O'zbek
Eldor Shomurodov RPL 3-turining ramziy jamoasiga kiritildi
Seshanba, 30 Iyul
3129

Futbol statistikasiga asoslangan WhoScored sayti Rossiya Premer-Ligasi 2019/20 mavsumining 3-turi ramziy jamoasini tuzdi.

Undan O‘zbekiston milliy jamoasi va «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov ham joy oldi.

24 yoshli futbolchi «Arsenal»ga (3:2) qarshi o‘yinda jamoasiga g‘alaba keltirgan golni urgan edi.

RPL 3-turining ramziy jamoasi quyidagicha:
Darvozabon
: Matvey Safonov («Krasnodar»);
Himoyachilar: Guram Tetrashvili, Sedrik Gogua, Soslan Takazov (barchasi – «Tambov»), Toni Shunich («Dinamo»);
Yarimhimoyachilar: Aleksandr Suxov («Ufa), Vanderson («Krasnodar»), Artur Yusupov («Dinamo»), Zuriko Davitashvili («Rubin»);
Hujumchilar: Sardor Ozmun («Zenit»), Eldor Shomurodov («Rostov»).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz