Узбек O'zbek
Beyl «Real»dan arazladi
Seshanba, 30 Iyul
7815

Yarimhimoyachi Garet Beyl «Real» tarkibida to‘p tepishdan bosh tortdi. Futbolchi Audi Cup turnirida ishtirok etmaydi.

The Telegraph xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi «Szyansu Sunin» klubiga o‘tolmay qolganidan darg‘azab bo‘lgan.

Avvalroq xitoyliklar Beylga 22 million yevro maosh, «Real»ga esa transfer uchun 30 million yevro taklif qilishgan edi. Ammo bu Madrid klubi rahbariyatini qoniqtirmadi.

Beyl Zidanning yangi mavsum rejalariga kiritilmagan. Endi u o‘ziga boshqa klub izlashga harakat qiladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz