Узбек O'zbek
«Zenit» Malkom uchun 40 million yevro bermoqchi
Dushanba, 29 Iyul
1558

«Zenit» klubi «Barselona» yarimhimoyachisi Malkom xizmatiga qiziqish bildirmoqda.

Piterliklar braziliyalik futbolchi uchun 40 million yevro berishga tayyor. Bu qiymat uch yil davomida to‘lanadi. Futbolchini qo‘lga kiritish uchun «Borussiya» D ham kurash olib boryapti.

Malkom «Barselona»da yiliga 3,8 million yevro maosh oladi va tabiiyki, yangi klubidan ham shuni talab qiladi.

Avvalroq, Malkom «Barselona»ni tark etishga tayyorligi, o‘z navbatida klub uning transferidan tushgan mablag‘larga Neymarni olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz