Узбек O'zbek
RPL. «Zenit» «Orenburg»ni yengib, chempionat tarixidagi 1001-ochkosini qo‘lga kiritdi
Yakshanba, 28 Iyul
969

Rossiya chempionatida 3-tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Peterburgning «Zenit» klubi mehmonda «Orenburg»ni 2:0 hisobida yengib, yetakchilikni saqlab qoldi. Semak shogirdlari 3 ta o‘yindan so‘ng 9 ochko bilan 1-o‘rinda borishmoqda.

Bu g‘alabadan so‘ng «Zenit» Rossiya chempionatlari tarixidagi ochkolari sonini 1001 taga yetkazib oldi va minglik dovondan o‘tgan SSKAdan keyingi ikkinchi klubga aylandi.

Bu o‘yinda «Zenit»ning eronlik hujumchisi Sardor Ozmun klubning Rossiya chempionatlari tarixidagi eng tez goliga muallif qildi. U 11-soniyada gol urdi.

Rossiya chempionati
3-tur
«Orenburg» – «Zenit» 0:2
Gollar: Ozmun (1), Dzyuba (55, penalti).

Orenburg: Dovbnya, Malix (Zotov, 46), Kozlov, Shaxov, Sivakov, Rikardu Alvesh, Mishkich, Kulishev (Galadjan, 69), Terexov, Despotovich, Chukanov (Fameye, 65).
Zenit: Lunyov, Duglas Santos, Rakitskiy, Ivanovich, Terentev (Mammana, 72), Ozdoyev, Sutormin, Barrios, Ozmun (Yeroxin, 69), Dzyuba (Jirkov, 78), Driussi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz