Узбек O'zbek
Pepe «Arsenal»ga o‘tmoqda
Yakshanba, 28 Iyul
3121

«Arsenal» yaqin vaqtlar ichida «Lill» hujumchisi Nikolya Pepeni qo‘lga kiritishi kutilmoqda.

Sky Sport Italia manbasi ma’lumotiga ko‘ra, inglizlar klubi «Lill»ga 24 yoshli ivuarlik futbolchi uchun 72 mln funt (80 mln yevroga yaqin) taklif qilmoqda. Qayd etilishicha, Pepe uchun kurashda «Arsenal» «Napoli»ni ortda qoldirdi. 

Bundan avvalroq, «Lill» «Manchester Yunayted»ning Pepe bo‘yicha taklifini rad qilgani xabar qilingandi.

Ivuarlik futbolchi o‘tgan mavsumda barcha turnirlar doirasidagi 41 uchrashuvda maydonga tushib, 23 gol urgan va 12 golga uzatma bergan. Uning «Lill» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yoziga qadar tuzilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz