Узбек O'zbek
11-soniyada gol urgan Sardor Ozmun «Zenit»ning rekordchisiga aylandi
Yakshanba, 28 Iyul
4070

Rossiya chempionatida 3-tur o‘yinlari boshlandi. Amaldagi chempion Peterburgning «Zenit» klubi «Orenburg» mehmoni bo‘lmoqda.

Hozircha birinchi bo‘lim o‘tib bormoqda va hisob 0:1. «Zenit»ning eronlik hujumchisi Sardor Ozmun o‘yinning 11-soniyasidayoq hisobni ochdi. «Orenburg» futbolchilarining xatosidan so‘ng to‘pni egallab olgan Artyom Dzyuba to‘pni Ozmunga uzatdi va eronlik futbolchi birga-bir vaziyatdan unumli foydalandi.

Shu tariqa Ozmun «Zenit»ning Rossiya chempionatlari tarixidagi eng tez goliga mualliflik qildi. Peterburgliklarning bu borada oldingi rekordchisi Aleksey Ionov 2011 yil «Rostov»ga qarshi uchrashuvning 12-soniyasida gol urgandi. Qizig‘i, Ionov ayni damda aynan «Rostov» safida harakat qiladi.

O‘tgan yil «Zenit» safiga borib qo‘shilgan Ozmun yangi jamoasi safida 20-uchrashuvda maydonga tushib, 16-golini urdi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

🔥 12 sekund potrebovalos «Zenitu», chtobы otkrыt schyot v igre! ⠀ 📺 Smotrite #OrenburgZenit pryamo seychas na #MATCHPREMER 📱 MATCH! Klub 💻 https://matchpremier.ru/

Publikatsiya ot MATCH PREMER (@matchpremier)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz