Узбек O'zbek
Miranda Xitoy klubiga o‘tdi
Shanba, 27 Iyul
2009

Xitoyning «Szyansu Sunin» klubi «Inter» himoyachisi Joao Miranda transferini e’lon qildi.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, Mirandaning yangi klubidagi maoshi yiliga 5 mln yevroni tashkil etadi.

Joao «Inter» safida 2015 yildan buyon to‘p surib keladi. 34 yoshli braziliyalik futbolchi turli yillarda Braziliyaning «San-Paulu» va «Koritibi» klublarida, shuningdek Fransiyaning «Sosho» va Ispaniyaning «Atletiko» klublarida to‘p surgan. 

O‘tgan mavsumda Miranda «Inter» safida barcha turnirlar doirasida 20 uchrashuvda maydonga tushgan. 

«Szyansu Sunin» Xitoy Superligasida ayni vaqtda oltinchi o‘rinda bormoqda. 19 turdan keyin Kosmin Oleroyu jamoasi 26 ochko to‘plagan (7 g‘alaba, 5 durang, 7 mag‘lubiyat).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz