Узбек O'zbek
Beyl Xitoy chempionatiga yo‘l oladi
Shanba, 27 Iyul
11527

Yarimhimoyachi Garet Beyl «Real»dan ketishga yaqin.

Marca xabariga ko‘ra, uelslik futbolchi Xitoyning «Szyansu Sunin» klubi bilan muzokaralarni yakunlamoqda. U yaqin orada 3 yillik shartnomani imzolaydi. Maoshi esa yiliga 22 million yevroni tashkil qiladi.

Beyl transferi uchun «Real»ning qancha mablag‘ olishi ma’lum emas. Avvalroq bu qiymatning 20 million yevro ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

30 yoshli Beyl bosh murabbiy Zinedin Zidanning rejalaridan o‘rin olmagan. O‘tgan mavsumda Beyl Primera doirasida 29ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan. Uning shartnomasi 2022 yil yozigacha amal qiladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz