Узбек O'zbek
«Napoli», «Inter» va «MYU» Pepe uchun kurashmoqda
Juma, 26 Iyul
1415

«Lill» yarimhimoyachisi Nikolya Pepe xizmatiga Yevropaning ko‘plab klublari qiziqish bildiryapti. 

La Voix du Nord xabariga ko‘ra, ularning orasida «Napoli», «Inter» va «Manchester Yunayted» ham bor. Klublar «Lill» bilan futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Endi Pepening o‘zi qanday qarorga kelishini kutish kerak xolos.

Avvalroq, «Lill» yarimhimoyachi transferi bo‘yicha «Manchester Yunayted»ning 78 million yevrolik taklifini qabul qilmagan edi.

O‘tgan mavsumda 24 yoshli ivuarlik barcha musobaqalarda 41ta o‘yinda maydonga tushib, 23ta gol urgan va 12ta golga hammualliflik qilgan. Fransiya chempionati to‘purarlari bahsida u Kilian Mbappedan (33 gol) keyin ikkinchi bo‘lgan. 

Pepening shartnomasi 2022 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz