Узбек O'zbek
O‘zbekiston futzalchilari Osiyo chempionati saralashidagi raqiblarini bilib olishdi
Payshanba, 25 Iyul
1198

2020 yili Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati saralash bahslariga qur’a tashlandi.

O‘zbekiston futzalchilari Markaziy va Janubiy mintaqada A guruhidan joy olishdi. Ularga Tojikiston, Nepal va Afg‘oniston raqiblik qiladigan bo‘ldi. Saralash o‘yinlari shu yilning kuz oylarida bo‘lib o‘tadi. Guruhda 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar musobaqa yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.

Osiyo chempionatining final bosqichi 2020 yilning 27 fevral – 8 mart kunlari Ashgabat shahrida o‘tkaziladi. Eng yuqori 5ta o‘rinni egallagan jamoalar 2020 yilda Litvada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga chiqishadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz