Узбек O'zbek
«Vissel Kobe» tarkibida «Barselona»ning sobiq vakillari 4taga yetishi mumkin
Payshanba, 25 Iyul
4231

«Barselona»ning sobiq himoyachisi Tomas Vermalen faoliyatini Yaponiyada davom ettirishi mumkin.

Marca xabariga ko‘ra, futbolchi «Vissel Kobe» klubi bilan muzokara o‘tkazmoqda.

33 yoshli belgiyalik yaqinda erkin agent maqomini oldi va istalgan klubga bepul o‘tish imkoniyatiga ega.

Vermalen 2014 yilda «Barselona»ga o‘tib, umumiy hisobda 53ta o‘yinda maydonga tushgan va 1ta gol urgan edi. 

Ayni paytda «Vissel Kobe» tarkibida «Barselona»ning sobiq futbolchilari Andres Inesta, Serxi Samper va David Vilya to‘p tepmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz