Узбек O'zbek
«Bunday sportdan nafratlanaman». Nurmagomedov bokschi Dadashevning o‘limiga munosabat bildirdi
Payshanba, 25 Iyul
11667

Bokschi Maksim Dadashevning o‘limi kabi xabarlardan so‘ng odamlar bir-birini uradigan sportga nisbatan nafrat paydo bo‘ladi. Bu haqda Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov o‘zining Instagram’dagi sahifasida yozdi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Etot sluchay nam yeyo raz dokazыvayet, chto sport eto ne samoye glavnoye, yest vei kuda vajneye. Kajdыy raz kogda ya viju ili slыshu takiye novosti ya nachinayu nenavidet etot sport, v kotorom mы drug druga bem. Vse vremenno, slava, dengi, titulы, i vsya nasha jizn, mы vse uydyom s etogo mira, nikto ne ostanetsya. Stoit zadumatsya. Terpeniya vsem rodnыm i blizkim Maksima. Tvorite dobro i pust Vsevыshniy voznagradit nas za nashi dela i postupki v sleduyuey jizni, i prostit nam nashi grexi.

A post shared by Khabib Nurmagomedov (@khabib_nurmagomedov) on

20 iyulga o‘tar kechasi Dadashev puerto-rikalik Subriel Matias bilan jang o‘tkazdi. So‘nggi, 12-raund oldidan bahs to‘xtatildi, rossiyalik boshidan olgan og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga olib ketildi. 23 iyul kuni shifokorlar bokschi vafot etganini ma’lum qilishdi.

«Bu holat bizga sport eng muhim narsa emasligi, undan ham muhimroq narsalar borligini yana bir bor isbotladi. Har safar bunday yangilikni ko‘rganimda yoki eshitganimda, men bir-birimizni uradigan ushbu sport turidan nafratlanishni boshlayman», - deb yozgan Nurmagomedov Dadashevning yaqinlari va do‘stlariga sabr tilab.

Rossiya Boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlyov sportchining o‘limiga izoh berib, tashkilot ushbu voqeani surishtiruvdan o‘tkazishini, Dadashevning oilasiga yordam berishini va sportchi jasadini Rossiyaga olib kelishda ko‘mak ko‘rsatishini aytdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz