Узбек O'zbek
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Qirg‘iziston klubini yengdi
Chorshanba, 24 Iyul
808

O‘zbekiston futzal milliy jamoasi oktyabr oyida o‘tkaziladigan Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga hozirlik ko‘rmoqda.

Futzalchilarimiz poytaxtdagi yig‘in jarayonida Qirg‘izistonning yetakchi klubi – EREM bilan ikkinchi nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Unda Bahodir Ahmedov shogirdlari 6:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Terma jamoamiz safida Davlat Ibragimov (2 marta), Dilmurod Jumayev (2 marta), Sunnat Jo‘rayev va Dilmurod Shavkatov raqib darvozasini ishg‘ol etishdi. 

22 iyulda o‘tkazilgan dastlabki bahsda ham o‘zbekistonliklar 6:5 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

Futzal milliy jamoasining yig‘ini 26 iyulgacha davom etadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz