Узбек O'zbek
Neymar asosiy tarkibdan alohida shug‘ullanmoqda
Chorshanba, 24 Iyul
2420

«PSJ» hujumchisi Neymar Xitoyda jamoasi bilan mavsumoldi yig‘inini o‘tkazmoqda.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, braziliyalik to‘purar asosiy tarkibdan alohida shug‘ullanyapti. Eslatib o‘tamiz, Neymar iyun oyida Braziliya milliy jamoasi tarkibida jarohat olib, Amerika Kubogida ishtirok etolmagan edi.

Avvalroq, Neymarning «PSJ» klubini tark etmoqchi ekani, uning xizmatiga «Real», «Yuventus» va «Barselona» qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«PSJ» klubining Xitoy sayohati 23 iyuldan 2 avgustgacha davom etadi. Jamoa 27 iyul kuni «Inter», 30 iyul kuni «Sidney» bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi. 3 avgust kuni Fransiya Superkubogi bahsida «Renn» bilan to‘qnash keladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz