Узбек O'zbek
«Zenit» 18 yoshli belaruslik iqtidorni ko‘zlamoqda
Seshanba, 23 Iyul
808

Belarusning «Minsk» klubi himoyachisi Dmitriy Prishchepa faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin. 18 yoshli iqtidorning xizmatiga «Zenit» qiziqish bildirmoqda.

Rossiyaning amaldagi chempioni Belarus klubiga futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy taklif jo‘natgan. Buni «Minsk» direktori Igor Shloydo ham tasdiqlamoqda.

Bu mavsumda Prishchepa Oliy Liga doirasida 12ta o‘yinda maydonga tushib, 1 marta ogohlantirish olgan. 16 turdan so‘ng «Minsk» 14 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi.

«Zenit» klubi RPL 2 turidan so‘ng, 6 ochko to‘plab, «Ural» bilan birga 100 foizlik natijani qayd qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz