Узбек O'zbek
Pogbaning «Real»ga o‘tishi Beylning ketishiga bog‘liq
Seshanba, 23 Iyul
3680

«MYU»dan yarimhimoyachi Pol Pogbani xarid qilishga urinayotgan «Real» uchun o‘z yarimhimoyachilari Garet Beyl va Xames Rodrigesni tezroq sotib yuborish muhim ahamiyatga ega.

AS tarqatgan xabarga ko‘ra, uelslik futbolchining bozor bahosi 50-60 mln, kolumbiyalikning xavbekning transfer qiymati esa taxminan 50 mln yevroni tashkil etadi. Bu ikki futbolchini sotish bilan «Real» 100 mln yevro atrofida pul ishlab olishi mumkin.

Shu bir vaqtda «Yunayted» Pogba uchun narxni 200 mln yevroga ko‘targani haqida ham xabarlar bor.

Biroq, ta’kidlanishicha, Madrid klubidagilar Pol uchun maksimal 150 mln yevro to‘lay olishadi.

Shuningdek, Beyldan «qutulish» «Real»ga Pogbaning maosh borasidagi talablarini qondirishga ham imkon beradi. Ya’ni «qirollik klubi»dagilar Garetga to‘lanayotgan yillik 14,5 mln yevro maoshni Pogbaga to‘lay boshlashni rejalashtirgan. Pol «MYU»da hozir yiliga 12 mln yevro (soliqlarni chegirib tashlaganda) ish haqi olmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, La Ligada transfer oynasi 2 sentyabrda yopiladi. Bu esa «Real»da Pogba xaridini amalga oshirish uchun vaqt yetarli ekanini bildiradi.

Avvalroq Yevropa klublaridan Beyl bo‘yicha birorta ham taklif tushmagani, Xames uchun esa «Napoli» va «Atletiko» raqobatlashayotgani xabar qilingandi.

Bu ikki futbolchidan tashqari «Real»ni Borxa Mayoral, Lukas Vaskes va Mariano Dias ham tark etishi, ularning sotuvidan klub 60 mln yevro ishlab olishi mumkin. Bu esa «qaymoqranglilar»ga moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda qo‘l keladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Dani Sebalos ijarasi bo‘yicha «Arsenal» bilan kelishuvga erishilgani xabar qilingan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz