Узбек O'zbek
«Lill» prezidenti: «Pepe transferi deyarli hal bo‘ldi»
Seshanba, 23 Iyul
6649

«Lill» prezidenti Jerar Lopes hujumchi Nikolya Pepe klubni tark etish arafasida turganini ma’lum qildi.

«Pepening ketishi? Bu masala deyarli hal.

Futbolchilar sotuvi bo‘yicha ham, xaridlar bo‘yicha ham rejalarimiz bor. Agar futbolchi jamoadan ketsa, o‘zimiz xohlayotgan o‘yinchini sotib olamiz.

Nikolyaga kelsak, u yozning boshida ketishga juda yaqin edi. Katta klublar unga taklif bildirishgani rost. Shunday ekan, o‘ylaymanki, u klubimizdan ketadi. Lekin futbolda seni nima kutayotganini hech qachon bila olmaysan», – degan Lopesning so‘zlarini keltirdi La Voix du Nord.

Avvalroq Pepe xaridi bo‘yicha «Manchester Yunayted» bilan muzokaralar ijobiy bosqichda ekani xabar qilingan edi. «Qizil iblislar»ning bu kurashdagi raqobatchisi – «Arsenal», «Liverpul» va «Everton» klublari sanaladi. Unga La Liga va A Seriyaning ba’zi jamoalari ham befarq emas.

24 yoshli ivuarlik futbolchi o‘tgan mavsumda «Lill»ning 41ta o‘yinida maydonga tushdi va 23ta gol urib, 12ta golli uzatmaga muallif bo‘ldi; Fransiya chempionati to‘purarlari poygasida faqat «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappedan ortda qoldi.

OAVga ko‘ra, klub Pepe 70 mln funtdan ham yuqori baholamoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz