Узбек O'zbek
«Chelsi» o‘rtoqlik o‘yinida «Barselona»ni yengdi – Grizmann va de Yongning debyuti mag‘lubiyat bilan tugadi
Seshanba, 23 Iyul
4931

Yaponiyaning Saitama shahrida «Barselona» va «Chelsi» klublari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

O‘yin Frenk Lempard jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. Inglizlar safida Temmi Abraham va Ross Barkli mualliflik qilgan bo‘lsa, kataloniyaliklardan yagona javob golini Ivan Rakitich ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada urdi.

Qayd etish kerak, mazkur bahs «Barsa»ning yangi futbolchilari Antuan Grizmann va Frenki de Yong uchun debyut uchrashuv bo‘ldi.

«Ko‘k-anorranglilar» mavsumoldi tayyorgarlik yig‘ini vaqtidagi ilk o‘yinida maydonga tushgan bo‘lsa, «Chelsi» Frenk Lempard qo‘l ostida to‘rtinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishga ulgurdi.

«Ko‘klar» bunga qadar Irlandiyaning «Begimians» va «Sent-Patriks Atletik» klublari bilan o‘ynagan, ularning birinchisi bilan 1:1 o‘ynab, ikkinchi raqibni 4:0 hisobida mag‘lub etgandi; Yokokamada mahalliy «Kavasaki Frontale» klubiga qarshi bahsda esa 0:1 hisobida yutqazgan edi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Barselona – Chelsi 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar
: 0:1 – 34 Abraham, 0:2 – 81 Barkli, 1:2 – 90+1 Rakitich.
Barselona – ter Stegen (Neto, 46), Umtiti (Langle, 46), Alba (Gilem Jayme, 46), Pike (Todibo, 46), Serji Roberto (Alenya, 46), Puch (de Yong, 46), Buskets (Nelson Semedu, 46), Kolyado (Malkom, 46), Buskets (Rakitich, 46), Dembele (Karles Peres, 46), Grizmann (Rafinya, 46).
Chelsi – Arrisabalaga, Emerson (Alonso, 46), Kristensen (Tomori, 48), David Luiz (Zuma, 46), Aspilikueta (Bakayoko, 71), Kovachich (Zappakosta, 70), Maunt (Barkli, 60), Pulishich (Jiru, 60), Jorjino (Drinkuoter, 71), Pedro (Batshuayi, 70), Abraham (Kenedi, 60).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz