Узбек O'zbek
O‘zbekiston futzal terma jamoasi uzoq tanaffusdan keyingi ilk o‘yinida qirg‘iz klubini mag‘lub etdi
Dushanba, 22 Iyul
1018

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi 1 iyuldan buyon Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda.

O‘FA rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, jamoa yig‘in doirasida 2ta nazorat uchrashuvi o‘tkazadi. Har ikki o‘yinda ham Qirg‘izistonning EREM klubi raqiblik qiladi.

Bugun dastlabki bahs «Bunyodkor» akademiyasi zalida tashkil etildi. Unda yig‘inga jalb etilgan barcha 18 nafar futzalchi sinab ko‘rildi. O‘yin o‘zbekistonliklarning 6:5 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. 

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Ahmedov shogirdlari oktyabr oyida bo‘lishi rejalashtirilgan Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘zbekiston – EREM (Qirg‘iziston) 6:5
Gollar: Abdulla Solihov, Xushnur Erkinov (2), Ravshan Ismatullayev, Botir Rizayev, Sunnat Jo‘rayev – Muhsin Bashir (2), Yuldashbay Salimbayev, Saginndik Akimbayev, Beksultan Nazarov. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz