Узбек O'zbek
«Rostov»ning barcha o‘yinlariga kirgan muxlislarga iPhone berildi
Dushanba, 22 Iyul
2480

Rossiyaning «Rostov» klubi sodiq muxlislarini qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

2018/19 mavsumida jamoaning Rossiya chempionati doirasidagi barcha 30ta o‘yiniga kirgan muxlislar yangi iPhone smartfonlari bilan taqdirlandi. Bunday fanatlar 3 nafarni tashkil qildi. 

Rossiya Premer-Ligasining 2-turidan o‘rin olgan «Rostov» - «Spartak» (2:2) o‘yini tanaffusida, klub prezidenti Artashes Arutyunyans uch nafar sodiq muxlis — Yakov Babkin, Nikolay Suxar va Dmitriy Mikryukovga futbolkalar va telefonlarni topshirdi.

2018/19 mavsumi yakuniga ko‘ra, «Rostov» klubi 41 ochko bilan 9-o‘rinni egalladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz