Узбек O'zbek
«Paxtakor» Husniddin G‘ofurov transferini tasdiqladi
Dushanba, 22 Iyul
3024

Yarimhimoyachi Husniddin G‘ofurov «Lokomotiv»dan «Paxtakor»ga o‘tdi.

«Sherlar» matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 25 yoshli futbolchi bilan 1,5 yillik shartnoma tuzilgan.

G‘ofurov Superliganing birinchi davrasida «Lokomotiv» tarkibida 8ta o‘yin o‘tkazib, 4ta golga hammualliflik qilgan edi. U O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida 7ta o‘yin o‘tkazgan.

Ma’lumot uchun, Husniddin professional faoliyatini 2012 yilda «NBU-Osiyo» jamoasida boshlagan. 2014 yil Serbiyaning «Yavor» klubi bilan bitim imzolab, keyinchalik «Mladost» safiga o‘tgan. G‘ofurov 2018 yildan buyon «Lokomotiv»da o‘ynab kelayotgandi.

Husniddin G‘ofurov
Tug‘ilgan sanasi: 29.07.1994
O‘ynagan jamoalari:
2012—2013 "NBU-Osiyo" - 20 o‘yin, 14 gol
2014—2017 "Yavor" Serbiya - 80 o‘yin, 9 gol
2017 "Mladost" Serbiya - 8 o‘yin, 1 gol
2018—2019 "Lokomotiv" - 37 o‘yin, 4 gol

Qayd etish kerak, G‘ofurov xaridi «Paxtakor»ning davralar oralig‘idagi ilk transferi bo‘ldi.

Bunga qadar 2018 yilda Isroil klublariga ijara berilgan isroillik Gidi Kanyuk «Paxtakor»ga qaytgani, shuningdek, Sadriddin Abdullayev ham jarohatidan keyin mashg‘ulotlarga qo‘shilgani xabar qilingan edi.

Shuningdek, Samarqandning «Dinamo» klubi o‘tgan hafta darvozabon Botirali Ergashev va yarimhimoyachi Shoxruh Abdurahmonovning transfer huquqini «Paxtakor»dan sotib olganini e’lon qilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz