Узбек O'zbek
Aziz Haydarov va Temur Kapadze O‘FAda mas’ul lavozimlarga tayinlandi
Dushanba, 22 Iyul
2428

O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachilari Aziz Haydarov va Temur Kapadze faoliyatini O‘FA tizimida davom ettiradi.

Assotsiatsiya rasmiy saytiga ko‘ra, Haydarov O‘FA Terma jamoalar bo‘limida ish boshlamoqda. Unga turli yoshdagi barcha terma jamoalar ishini muvofiqlashtirish vazifasi topshirilgan.

Kapadze esa O‘FAning seleksiya ishlariga bosh bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Aziz Haydarov yil boshidan buyon «Lokomotiv»da o‘ynab kelayotgan, o‘tgan haftada futbolchilik faoliyatiga yakun yasaganini e’lon qilgan edi.

Temur Kapadze esa 2017 yil oxirida butsalarini mixga ilib, 2018 yil fevralida O‘zbekiston milliy jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan va termani 4ta o‘yinda maydonga tushgan edi. O‘sha yil aprelida esa «Lokomotiv»da yordamchi murabbiy sifatida ish boshlagandi.

O‘FAning 15 iyul kungi konferensiyasida Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan Kapadze «Lokomotiv»dan «Paxtakor»ga ishga o‘tayotgani, «Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze klubning yoshlar jamoasidan ko‘ngli to‘lmayotgani bois uni «sherlar» o‘rinbosarlariga ustozlik qilishga taklif etganini ma’lum qilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz