Узбек O'zbek
Zidan: «Beyl tez orada ketadi, deb umid qilyapmiz»
Yakshanba, 21 Iyul
6818

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan vinger Garet Beyl klubni tark etish arafasida ekanini aytdi.

«Beyl tez orada ketishiga umid qilamiz, bu hamma uchun yaxshi bo‘ladi. Uning yangi klubga transferi ustida ishlayapmiz.

Garetga qarshi hech qanday shaxsiy adovatim yo‘q, lekin shunday vaqtlar bo‘ladiki, nimanidir o‘zgartirish kerak. Men qaror qabul qilishim kerak, o‘zgarmasak bo‘lmaydi.

Transfer – bu murabbiyning hamda vaziyatni tushunib turgan futbolchining qaroridir. 24 soatdan keyinmi yoki 48 soat ichida, uni bilmadim, ammo vaziyat o‘zgaradi. Hamma tomon uchun shunisi yaxshi», – degan Zidanning so‘zlarini keltirdi Goal.

Ma’lumot uchun, uelslik hujumchi «Real»ning Xalqaro Chempionlar kubogi doirasidagi «Bavariya»ga qarshi o‘yinida (1:3) qatnashmadi.

«Real» Beylni 2013 yilda 100 mln yevroga sotib olgan, bu bilan Garet o‘sha vaqtda jahonning eng qimmat futbolchisi va transfer narxi 100 million yetgan tarixdagi ilk futbolchiga aylangandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz