Узбек O'zbek
Agent: «Neymar Parijda baxtsiz»
Yakshanba, 21 Iyul
4483

«PSJ» hujumchisi Neymarning agenti Pini Zaxavi mijozi hozirgi jamoasida ekanidan xursand emasligini ma’lum qildi.

«Neymar Parijda baxtli emas», – degan Zaxavidan iqtibos keltirdi «Le Journal du Dimanche» nashri.

Boshqa xabarlarga qaraganda, agent braziliyalik mijozinining xizmatlarini beshta klubga – «Barselona», «Real», «Manchester Yunayted», «Bavariya» va «Yuventus» jamoalariga taklif etgan.

Ular orasidan «Barsa»da qiziqish yuqoriligi aytilmoqda. Ushbu transfer doirasida kataloniyaliklarning bir yoki bir necha futbolchisi «PSJ»ga o‘tishi mumkinligi istisno etilmayapti.

«Barsa»dagilarning hisoblashicha, Neymarning «PSJ» bilan munosabatlari ko‘ngildagiday emasligi uning narxini tushirishga qo‘l keladi.

Qayd etish kerak, hujumchi seshanba kuni ta’tilini yakunlab, «PSJ» bazasiga qaytgan edi, ammo klub matbuot xizmati hozirgacha uning mashg‘ulotlar vaqtida olingan birorta ham suratini e’lon qilganicha yo‘q. U jamoaviy suratlarda ham yo‘q.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz