Узбек O'zbek
«Arsenal»ning yangi sardori bo‘lishga asosiy nomzod ma’lum
Juma, 19 Iyul
3549

Yarim himoyachi Granit Jaka yangi mavsumda «Arsenal» sardori bo‘lishi mumkin.

The Telegraph`ning bosh murabbiy Unai Emeriga asoslanib xabar berishicha, 26 yoshli futbolchi sardorlik bog‘ichiga asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Jaka o‘tgan mavsumda Emeri tomonidan tanlangan besh nafar sardor futbolchi orasida edi. Bu ro‘yxatga kirgan darvozabon Petr Chex faoliyatini yakunladi, yarimhimoyachi Aaron Remzi esa «Yuventus»ga o‘tdi. 

Asosiy sardor Loran Koselni bo‘lsa jamoa bilan AQSH turnesiga borishdan bosh tortdi. Buning uchun unga nisbatan intizomiy ish ochilgan, fransuz jamoani tark etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Granit Jakada sardorlik bog‘ichini taqish tajribasi yo‘q emas, u oldin Menxengladbaxning «Borussiya» klubi sardori bo‘lgan, Shveysariya milliy jamoasida ham bu vazifani bajargan.

Emerining so‘zlariga ko‘ra, Jakadan tashqari bog‘ich uchun Mesut O‘zil, Nacho Monreal kabi futbolchilarga ham ishonib topshirilishi mumkin.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz