Узбек O'zbek
«Miranchuk, Azmun, Shomurodov» — Karpin RPLdagi talantli futbolchilarni sanadi
Payshanba, 18 Iyul
5650

«Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpin Rossiya chempionatidagi 30 yoshgacha bo‘lgan iste’dodli futbolchilarni sanadi. «Commandos» YouTube kanaliga intervyu bergan Karpin ro‘yxatga O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovni ham kiritdi.

«Bunday futbolchilar ko‘p: Miranchuk, Azmun, Shomurodov iste’dodli futbolchilar»,- deydi murabbiy.

Karpin shuningdek qaysi jamoani hech qachon boshqarmasligi haqidagi savolga ham javob berdi: «Meni tez-tez «Spartak»ga chaqirishadimi? Tez-tez emas. To‘g‘risi, umuman chaqirishgani yo‘q. Men hech qachon boshqarmaydigan klub bormi? SSKA, albatta. «Zenit»chi? Nega endi yo‘q?»,- deb murabbiyning so‘zlarini keltirmoqda Match TV rasmiy sayti.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz