Узбек O'zbek
Rayola Pogba, Ken va Balotellining kelajagi haqida gapirdi
Chorshanba, 17 Iyul
5066

Mashhur futbol agenti Mino Rayola mijozlari Pol Pogba, Moyze Ken va Mario Balotellining kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

«Pogba, Ken va Balotelli byo‘icha yangilik yo‘q. Hech kim menga taklif jo‘natmadi. Men bugungi kun bilan yashayman, hozircha yangilik yo‘q. Ertaga nima bo‘lishini esa bilmayman», - deb 51 yoshli Rayola so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.

Avvalroq Pogbaning «Manchester Yunayted»ni tark etmoqchi ekani, uning xizmatiga «Real» klubi qiziqish bildirayotgani, «Yuventus» hujumchisi Moyze Ken esa «Everton»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Mario Balotelli esa iyun oyida «Marsel» klubini tark etdi va erkin agent maqomini oldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz