Узбек O'zbek
JCH saralashlarida Yaman, Falastin va Singapur O‘zbekistondan ochko ola olmagan. Saudiya Arabistoni-chi?
Chorshanba, 17 Iyul
6516

O‘zbekiston milliy jamoasi 2022 yilgi Jahon chempionati saralashining 2-bosqichida «D» guruhdan joy oldi.

Bu guruhda Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur termalari ham bor.

O‘zbekiston Jahon chempionati saralashlarida ushbu to‘rt jamoadan uchtasi ustidan shu kungacha faqat g‘alaba qozonib kelgan.

Xususan, Yaman bilan 4 marta, Falastin va Singapur bilan 2 martadan o‘yin o‘tkazilgan bo‘lib, bu 8ta uchrashuvda O‘zbekiston umumiy 24:5 hisobida g‘alaba qozongan.

Saudiya Arabistoni bilan bog‘liq statistika esa o‘zbekistonliklar uchun salbiy ko‘rinishda. 4ta o‘yindan 2tasida arablarning qo‘li baland kelgan, bitta uchrashuv O‘zbekistonning g‘alabasi bilan va yana bir o‘yin durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbati – 4:8, saudiyaliklar foydasiga.

Barcha musobaqalar va o‘rtoqlik o‘yinlari doirasida esa O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni jami 10 marta qarama-qarshi kelgan. Bu o‘yinlarda O‘zbekiston termasi 4 g‘alaba, 1 durang va 5ta mag‘lubiyat qayd etgan. To‘plar nisbati – 13:21.

JCH-2022 saralashi. O‘zbekiston joy olgan «D» guruhi o‘yinlari taqvimi. So‘nggi turda favoritlar to‘qnashuvi

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz