Узбек O'zbek
JCH-2022 saralashi qur’asi: O‘zbekistonning raqiblari ma’lum bo‘ldi
Chorshanba, 17 Iyul
7540

OFKning Kuala-Lumpurdagi shtab-kvartirasida 2022 yilgi Jahon chempionati va 2023 yilgi Osiyo kubogining saralash musobaqasi 2-bosqichiga qur’a tashlandi.

O‘zbekiston milliy jamoasi qur’ada Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur termalari bilan birga «D» guruhidan joy oldi.

Qur’a natijalari quyidagicha:

«A»: Xitoy, Suriya, Filippin, Maldiv, Guam
«B»: Avstraliya, Iordaniya, Xitoy Taypeyi, Kuvayt, Nepal
«C»: Eron, Iroq, Bahrayn, Hongkong, Kamboja
«D»: Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, Falastin, Yaman, Singapur
«E»: Qatar, Ummon, Hindiston, Afg‘oniston, Bangladesh
«F»: Yaponiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Myanmar, Mo‘g‘uliston
«G»: BAA, Vetnam, Tailand, Malayziya, Indoneziya
«H»: Janubiy Koreya, Livan, KXDR, Turkmaniston, Shri-Lanka

2-bosqich o‘yinlari shu yil 5 sentyabrdan boshlanib, 2020 yil iyunigacha davom etadi. Yakunda 8ta guruh g‘oliblari va 2-o‘rin egalaridan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 4ta jamoa (jami 12ta terma) JCH saralashining keyingi bosqichiga chiqadi va Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, Qatardagi JCH 2022 yilning noyabr-dekabr oylariga belgilangan. Mundialdan so‘ng ko‘p o‘tmay, 2023 yil yanvarida Xitoyda Osiyo kubogi start oladi.

Ma’lumot uchun, joriy saralash – O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionati yo‘lidagi 6-urinishidir. Bundan avvalgi beshta urinishning barchasi muvaffaqiyatsiz yakun topgan.

1997 yildan buyon mundial uchun kurashib kelayotgan O‘zbekiston JCH saralashlarida jami 94 ta o‘yin o‘tkazgan.

Bu o‘yinlarning 49tasi g‘alaba, 19tasi durang va 26tasi mag‘lubiyat bilan tugagan. To‘plar nisbati: 175-95.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz