Узбек O'zbek
Temur Kapadze «Paxtakor»ga ishga o‘tdi
Seshanba, 16 Iyul
4354

Temur Kapadze «Lokomotiv»ning U-21 jamoasi murabbiyi lavozimidan ketdi.

37 yoshli mutaxassis Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda «Paxtakor»ga ishga o‘tayotganini ma’lum qildi.

Kapadzening aytishicha, «Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze klubning yoshlar jamoasidan ko‘ngli to‘lmayotgani bois uni «sherlar» o‘rinbosarlariga ustozlik qilishga taklif etgan.

Ma’lumot uchun, Temur 2017 yil oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlagach, 2018 yil fevralida O‘zbekiston milliy jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan va termani 4ta o‘yinda maydonga tushgan edi. O‘sha yil aprelida esa «Lokomotiv»da yordamchi murabbiy sifatida ish boshlagandi.

Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida «Paxtakor» akademiyasida ham rahbar o‘zgargan, Baxtiyor Dadamatov o‘rniga Islom Ahmedov akademiya direktori etib tayinlangan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz